Birlashgan Arab Amirliklari jahonda muhojirlar uchun eng mehmondo`st mamlakat sifatida e`tirof etildi, deya xabar beradi O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati.
Gallup kompaniyasining global hisobotiga ko`ra, ovoz beruvilarning 87 foizi Arab Amirliklar boshqa millat vakillari uchun yashash uchun qulay mamlakat sifatida qayd etgan. Bu raqam dunyo bo`yicha o`rtacha 54 foizni tashkil etishi aniqlangan.
2010 yilda e`lon qilingan ma`lumotlar bilan taqqoslaganda, BAA reytingda yuqorilagan. 9 yil avval mehmondo`stlik foizi 15 foizni tashkil etgan edi.
Kanada, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Avstraliya va Portugaliya yuqori o`rinlarda qayd etilgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, migrant oilasining yashashi, ta`lim olishi, tibbiy xizmatdan foydalanish sifati va asosiysi soliqning pastligi mamlakatning jalb qiluvchanligini oshirgan.






