AsosiyDunyo

Islom dunyosida “Yil odami” nomi e`lon qilindi

'Islom dunyosida “Yil odami” nomi e`lon qilindi'ning rasmi

Iordaniya hoshimiylar qirolligida faoliyat yurituvchi mashhur Qirollik strategik tadqiqotlar islom instituti Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Imron Xonni islom dunyosida “Yil odami” deya e`tirof etdi.

Dawn axborot agentligining ma`lum qilishicha, Imron Xon Hindiston bilan tinchlikka erishish borasida amalga oshirgan urinishlari uchun musulmon olamidagi eng nufuzli inson sifatida e`tirof etilgan.

Bundan tashqari, Institut ekspertlari Imron Xonning aholining kam ta`minlangan qatlamiga ko`mak ko`rsatish bo`yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan islohotlarini yuqori baholadi, deb yozadi O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati.

 

    Boshqa yangiliklar