AsosiyDunyo

BAA va Qatarning to`rt shayxiga qo`riqxonalarda ov qilishga ruxsat berildi

'BAA va Qatarning to`rt shayxiga qo`riqxonalarda ov qilishga ruxsat berildi'ning rasmi

Qozog`iston hukumati Birlashgan Arab Amirliklari va Qatarning to`rt shayxiga 2019 yilning oktyabr-noyabr oylarda lochinlar yordamida Qozog`iston qo`riqxonalarida ov qilishga ruxsat berdi.

Bosh vazir Askar Mamin tomonidan imzolangan farmoyish Qozog`iston huquqiy normativ aktlar axborot-huquqiy tizimi saytiga joylashtirilgani haqda O`zA xabar bermoqda.

Farmoyishga ko`ra, Olmaota, Jambil, Qizil O`rda va Turkiston viloyatlari rahbarlariga shayxlarning ov qilishlarini tashkillashtirish uchun “zarur yordamlarni ko`rsatishlari”, Bojxona xizmatiga esa Qozog`istonga olib kiriladigan ov lochinlarini rasmiylashtirish yuklatilgan.

Har bir ovlangan parranda uchun shayxlar Qozog`iston byudjetiga 260 ta oylik hisob ko`rsatkichi (656 600 tenge yoki 1700 AQSh dollari)da pul to`laydi. Qozog`iston hukumati bir necha yildan buyon arab shayxlariga bu qushlarni ovlashlariga ruxsat beradi.

    Boshqa yangiliklar