AsosiyJamiyat

Non uchun pul kompensasiyasi oshirildi

'Non uchun pul kompensasiyasi oshirildi'ning rasmi

Don, un va non etkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to`liq joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida Hukumat qarori (866-son, 14.10.2019 y.) qabul qilindi.

 

✅ Qarorga muvofiq, 2019 yil 15 oktyabrdan:

👉 2019 yil hosilidan tayyorlangan va un ishlab chiqarishga mo`ljallanmagan bug`doy g`alla iste`molchilarining barcha toifalariga faqat birja orqali sotiladi;

👉 davlat xaridlari doirasida sotib olingan bug`doyni qayta ishlashdan olingan un barcha iste`molchilarga 100 foiz to`lovni oldindan amalga oshirish orqali ochiq birja savdolarida sotiladi;

👉 2019 yil hosilidan tayyorlangan bug`doyning 1 tonnasi un ishlab chiqarishga 1300 ming so`mdan ulgurji narxda sotiladi.

2019 yil 1 oktyabrdan boshlab un va qolipli non xarid qilish bo`yicha qo`shimcha xarajatlarni qoplash uchun aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo`lgan ayrim toifalariga beriladigan har oylik pul kompensasiyasi oshirilib, 50 000 so`m miqdorida belgilandi.

✅ Shuningdek, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab kompensasiya oladigan aholi toifalariga quyidagilar ham qo`shildi:

👉 14 yoshgacha bo`lgan bolalari uchun nafaqa oluvchi oilalar;

👉 belgilangan eng kam miqdorda yoshga doir pensiya oluvchilar.

    Boshqa yangiliklar