AsosiyDunyo

Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalar joriy qilish bo`yicha farmonni imzoladi

'Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalar joriy qilish bo`yicha farmonni imzoladi'ning rasmi

AQSh Prezidenti Donald Tramp Turkiyaning Suriyadagi harbiy amaliyotlari tufayli mazkur mamlakatga nisbatan sanksiyalar joriy qilish bo`yicha farmonni imzoladi, deya xabar berilmoqda. TASS xabariga ko`ra, bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bayonotida ma`lum qilingan.

“Prezident Donald Tramp Turkiyaning Suriyadagi harbiy amaliyotini to`xtatilishi uchun mazkur farmonni imzoladi. Unga ko`ra, turk hukumati bilan bog`liq tashkilot, rasmiylar va jismoniy shaxslarga nisbatan sanksiyalar qo`llanadi”, deyiladi Pompeoning Davlat departamenti tomonidan tarqatilgan bayonotida.

 

    Boshqa yangiliklar