AsosiySport

Vladimir Klichko WBO oltin kamaridan ayrilishi mumkin

Super og`ir vazn toifasining engilmay kelayotgan bokschilaridan biri, britaniyalik Tayson Fyuri ayni vaqtda ukrainalik mutloq jahon chempioni Vladimir Klichkoga tegishli WBO yo`nalishidagi chempionlik kamariga asosiy da`vogar bo`lib turibdi.

IBF, WBA, WBO, IBO tasniflari chempioni Vladimir Taysonga qarshi jangdan bosh tortgani uchun WBO oltin kamaridan ayrilishi mumkin.

Klichko 2015 yilning kuz faslida Fyuriga qarshi o`tkazilishi rejalashtirilgan jang borasida birorta fikr bildirmadi. Taysonning promouteri Frenk Uorenning so`zlariga ko`ra, Vladimirning jamoasi ular bilan umuman aloqaga chiqayotgani yo`q.

    Boshqa yangiliklar