Evropa Ittifoqi turk harbiylarining Suriya shimoli-sharqiga joylashtirilishiga nisbatan o`z javob choralarini qo`llamoqchi, deb xabar berdi Euronews.com nashri.
Lyuksemburgdagi uchrashuvda EI tashqi ishlar vazirlari Turkiyaga qarshi turli ko`rinishdagi sanksiyalarni qo`llash masalasini muhokama etishdi. Ittifoqning tashqi siyosiy masalalar bo`yicha oliy komissari bu kabi choralarni qo`llash ma`lum vaqt talab etishini ta`kidladi. Ayrim vazirlar esa Turkiya bilan mudofaa va xavfsizlik yo`nalishlaridagi hamkorlikni qisqartirish lozimligini ta`kidlashmoqda.
“Turkiya harbiy operasiyasini to`xtatish juda qiyin, qolaversa, bu bilan Evropa Ittifoqi shug`ullanmaydi. Biroq biz qurol etkazib berishga taqiq qo`yishimiz mumkin”, deya ta`kidladi Avstriya tashqi ishlar vaziri Aleksandr Shallenberg. Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Stef Blok esa Turkiyani qo`shni davlat hududiga bostirib kirib, xalqaro huquq normalarini buzayotganlikda aybladi.