Qatarning Doha shahrida og`ir atletika bo`yicha o`smirlar o`rtasida o`tkazilgan Osiyo chempionatida o`zbekistonlik yosh sportchilar 3 kumush va 6 bronza medalni qo`lga kiritdi, deya xabar bermoqda O`zA.
Nufuzli musobaqa g`olib va sovrindorlarini Toshkent xalqaro aeroportida O`zbekiston og`ir atletika federasiyasi vakillari, sport jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib oldi.
Osiyo chempionatida dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan 200 nafardan ziyod sportchi bahslashdi. Unda Vatanimiz sharafini himoya qilgan Sunnatilla Shokirjonov, Farhod Sobirov, Azimjon G`aniev, Shahzod Xudoyberganov, Davron Kenjaev, Jo`rabek Zoirov kabi sportchilar g`olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
– Chempionatda munosib ishtirok etganimdan xursandman, – deydi S.Shokirjonov. – Kelgusi musobaqalarda yurtimiz sharafini yanada yuksaltirish – bizning farzandlik burchimiz.
06.01.2015 11:43





