AsosiySport

Messi “Chelsi”ga o`tishi mumkinligiga ishora qilmoqda

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi instagramdagi akkaunti orqali “Chelsi” jamoasining ikki futbolchisi, Tibo Kurtua hamda Felipe Luis bilan “do`stlashdi”. U shuningdek, jamoaning rasmiy akkauntiga ham obuna bo`lgan. Bu esa, uning shu oydayoq “aristokratlar” safiga o`tib ketishi bo`yicha xabarlar tarqalishiga sabab bo`ldi.

Bu ehtimoliy transferga yana bir asos sifatida, Messi va “Barselona” murabbiyi Luis Enrikening munosabatlari yomonlashgani ham eslab o`tilmoqda.

Qolaversa, biroz oldinroq Messi bilan avvalgi mavsumlarda “Barselona” safida to`p surgan, hozirda “Chelsi”ning asosiy futbolchisiga aylangan Sesk Fabregas ham uni Londonga kelishga da`vat etgandi.

Shuningdek, matbuotda London jamoasining Messi uchun “Barselona”ga 200 million funt sterling taklif qilgani, futbolchining o`zi esa ingliz-tilini o`rganayotgani haqida ham xabarlar chiqqan edi.

manba: kun.uz

    Boshqa yangiliklar