AsosiyJinoyat
3388

“Sevimli” telekanali Samarqanddagi bog`chalarning yolg`onini fosh qildi

'“Sevimli” telekanali Samarqanddagi bog`chalarning yolg`onini fosh qildi'ning rasmi

2019 yil 11 oktyabr kuni Samarqand shahrining 80, 98 hamda 106-sonli maktabgacha ta`lim muassasalarida 12 nafar tarbiyalanuvchilari zaxarlanganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilayotganligi hamda shu jarayonda viloyat DSENM tomonidan qayd etilgan MTM faoliyatlari vaqtincha to`xtatilganligi haqida xabar berilgan edi.

14 oktyabr kuni esa “Sevimli” telekanali orqali yuqoridagi MTMlarning faoliyati vaqtincha to`xtatilganligiga qaramasdan faoliyat yuritayotganligi haqida tanqidiy lavha efirga uzatildi. 

Ushbu ma`lumotlar prokuratura tomonidan o`rganilganda, haqiqatdan ham ushbu MTMlar 12.10.2019 yil kuni qisman bolalarni qabul qilib, faoliyat yuritganliklari aniqlandi.   Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Xayot Samsutdinov o`zining telegram kanalida ma`lum qildi.

Xususan, shahar DSENM tomonidan 98 va 106-sonli MTMlar faoliyatni vaqtincha to`xtatish haqidagi qarorlari, kechikib MTM rahbarlariga taqdim qilinganligi sababli qisman faoliyat yuritgan. 

Yuqoridagilarga ko`ra, Samarqand shahar prokurori tomonidan viloyat DSENM bosh vrachi va viloyat maktabgacha ta`lim boshqarmasi boshlig`i nomiga 2 ta taqdimnoma kiritildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar