AsosiyDunyo

Evropa Ittifoqi AQShni Boeing kompaniyasiga preferensiyalar ajratayotganlikda ayblamoqda (Video)

'Evropa Ittifoqi AQShni Boeing kompaniyasiga preferensiyalar ajratayotganlikda ayblamoqda (Video)'ning rasmi

Jahon savdo tashkiloti AQShga Evropa Ittifoqining mahsulotlari va xizmatlariga 7,5 milliard dollar miqdorida bojlar kiritishga ruxsat berdi. Bu haqda Euronewsnashri xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya va Fransiya Jahon savdo tashkiloti qoidalariga zid ravishda Airbus korporasiyasiga subsidiya ajratib kelgan. Tomonlar o`rtasidagi ushbu masaladagi tortishuv 15 yildan buyon davom etib kelayapti. O`z navbatida esa Evropa Ittifoqi Qo`shma shtatlarni Boeing kompaniyasiga preferensiyalar ajratayotganlikda ayblamoqda va buning uchun AQShga nisbatan javob choralarni qo`llash niyatida. 

Bundan avval rasmiy Vashington 18 oktyabr kunidan e`tiboran EIdan etkazilayotgan samolyotlarga bojlarni 10 foizga, qator sanoat va qishloq xo`jaligi mahsulotlariga esa 25 foizga oshirishni ma`lum qilgan edi. Hozirda AQShning EI bilan savdo balansidagi defisit judda katta. Bu esa Amerikaning Evropaga eksport hajmi Evropa mahsulotlarining Qo`shma Shtatlarga importidan kam ekanligini anglatadi.     

Boshqa yangiliklar