“O`zbekkonsert” Davlat muassasasi ayni damda navbatdan tashqari majlis o`tkazayotgani va unda xonanda Jahongir Otajonovning lisenziyasini qaytarish masalasi ko`rib chiqilayotgani haqida xabar bergandik.
“O`zbekkonsert” matbuot xizmatidan “Darakchi” muxbiriga xabar berilishicha yig`ilishda bir yo`la bir nechta san`atkorning lisenziyasi qaytarilgan. Ular xonandalar Shaxlo Ahmedova, Jahongir Otajonov, Halima Ibragimova hamda Abdulla Qurbonovlar.
Gastrol-konsert faoliyatini yuritish huquqini beruvchi lisenziyasi qaytarilishi borasida muassasa bilan kelishib olishini avvalroq Jahongir Otajonov o`zining video murojaatida xabar bergandi.