Yangi Zelandiyada yo`lovchi samolet falokatga uchradi. Associated Press bergan xabarga ko`ra, yo`lovchilar hamda ekipaj hayoti saqlab qolingan.
Skydive Taupo aviakompaniyasiga tegishli samoletda halokat Yangi Zelandiyaning shimoliy orolida joylashgan Taupo ko`li hududida sodir bo`lgan. Bortda jami 13 kishi, olti yo`lovchi va olti nafar ekipaj a`zolari hamda kema kapitani bo`lgan.
Layner balandlikni yo`qota boshlagach, bort kuzatuvchilarni hammani parashyutlar bilan ta`minlagan. Sun Herald xabariga ko`ra, yo`lovchilar ekipaj a`zolari bilan birgalikda sakrashgan. Eng so`nggi juftlik samolet ko`lga qulab tushishidan bir necha soniya oldin sakrashga ulgurgan. Uchuvchi ham ko`ldan mustaqil suzib chiqishga muvaffaq bo`lgan.
Polisiya matbuot kotibi Kim Perksning so`zlariga qaraganda, yo`lovchilar hamda ekipaj a`zolari tibbiy tekshiruvdan o`tkazilgan. Jiddiy jarohatlar kuzatilmagan.