AsosiyDunyo

AQShda veteranlar klinikasida otishma sodir bo`ldi

Texas shtatining El-Paso shahrida joylashgan AQSh veteranlar vazirligiga qarashli klinika noma`lum shaxs tomonidan o`qqa tutilgan. Reuters xabariga ko`ra, jinoyatchi bir kishini jiddiy yaralashga ulgurgan, keyin esa o`zini o`zi otib tashlagan.

Voqea 6 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 15:00da sodir bo`lgan, deya xabar qiladi ABC News. “O`q uzgan odam ham, u yaralagan ham olamdan o`tgan”, - deydi general mayor Stiven Tvitti (Stephen Twitty).

Tibbiyot muassasisining qolgan xodimlari xavfsiz joyga ko`chirilgan. CNN ma`lumotiga ko`ra, halok bo`lganlardan biri klinika shifokori bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar