Kuni kecha Xitoyning Guylin shahrida «Bir belbog`, bir yӯl, bir turizm” II Xalqaro konferensiyasi bӯlib ӯtdi. Bu haqida O`zA xabar bermoqda.
Unda dunyoning 64 mamlakatidan kelgan 200dan ortiq o`quv va davlat muassasalari, turizm sohasidagi yirik kompaniyalar ishtirok etdi. Ular orasida Turizm sohasidagi yuqori malakali va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash maqsadida ӯtgan yili Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ipak yӯli” turizm xalqaro universiteti vakillari ham ishtirok etdi.
Unda III Xalqaro konferensiya 2020 yilda Samarqand shahrida, xususan, “Ipak yӯli” turizm xalqaro universitetida o`tkazilishi e`lon qilindi.
Qayd etish kerakki, mazkur konferensiya turizm sohasidagi olimlar va mutaxassislar uchun interaktiv platforma vazifasini taqdim etadigan nufuzli anjuman hisoblanadi. O`z navbatida, ular o`zining so`nggi tadqiqotlari bilan shu manzilda soha vakillarini tanishtiradi.






