AsosiyDunyo

BAAda 5 kilometrlik tilla zanjir tayyorlandi

Birlashgan arab amirliklarida tayyorlangan 5.52 kilometrlik zargarlik buyumi “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kirishi aytilmoqda, deya xabar beradi mahalliya The National gazetasi.

Nashr bergan ma`lumotga ko`ra, zanjirning og`irligi 256 kilogramm keladi va uning narxi taxminan 6 million dollar turadi. Ushbu zargarlik buyumini yasash uchun 100 kishi 45 kun davomida mehnat qilgan. Uni yasash jarayonida zanjir bir necha marta uzilib ketgan.

Zanjirni sayyohlar orasida mashhur bo`lgan Dubayning eski qismidagi tilla bozorida ko`rish mumkin.

    Boshqa yangiliklar