Poytaxtda 18 oktyabr kuni Talabalar yugurish marofoni o`tkaziladi. Shu munosabat bilan soat 10.30dan 11.30gacha Bunyodkor shoh ko`chasi dublyor yo`lining Adiblar hiyoboniga kirish qismidan I.Karimov ko`chasigacha bo`lgan qismida, I.Karimov ko`chasining Beshyog`och va She`riyat bog`i ko`chalari kesishmasigacha bo`lgan qismida, She`riyat bog`i ko`chasining “Paxtakor” stadionigacha bo`lgan qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.






