AsosiyJamiyat

Qonunbuzar sayyohlar katta pul evaziga javobgarlikka tortilmaydi

'Qonunbuzar sayyohlar katta pul evaziga javobgarlikka tortilmaydi'ning rasmi

Yaqinda Oliy Majlis Senati O`zbekistonda vaqtincha bo`lish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik tartibiga kiritilgan o`zgarishlarni tasdiqladi. Qonunchilikka kiritilayotgan o`zgarishlar O`zbekistonda bo`lish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni liberallashtirishga yo`naltirilgan. Kiritilgan o`zgartirishlarga Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi saytida ma`lum qilindi.

O`zgarishlarning dolzarbligi quyidagi asosiy omillar bilan izohlanadi: 

  • Qator xorijiy mamlakatlar qonunchiligini o`rganish natijasida mamlakat hududida bo`lish qoidasini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikning yo`qligi aniqlandi; 
  • Milliy qonunchilik va O`zbekiston Respublikasida bo`lish qoidalarini buzish bilan bog`liq statistika tahlili O`zbekiston fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga nisbatan ma`muriy javobgarlik differensiasiyasi zarur ekanini ko`rsatmoqda. 

Ma`lumot uchun: 2016-yilda 6256 nafar shaxs ma`muriy javobgarlikka tortilgan bo`lib, ulardan 4079 nafari – chet el fuqarolari. 2017-yilda 6006 kishi ma`muriy javobgarlikka tortilgan, shundan 3817 nafari – xorij fuqarolari. 2018-yilda ushbu ko`rsatkich 5764 nafarni qayd etdi, ularning 4101 nafari – chet el fuqarosi. Pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga minimal ish haqining 1-3 barobari hajmida jarima belgilanadi, chet el fuqarolari hamda O`zbekistonda doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga esa minimal ish haqining 50-100 barobarida jarima belgilangan, bu esa tenglik va insoniylik tamoyillari buzilayotganiga ishora qiladi. Shunday ekan, bunday turdagi jarimalar hajmini bir necha barobarga kamaytirish zarurati yuzaga keladi.

 3) O`zbekistonda bo`lish qoidalarini buzish bilan bog`liq ishlarni ko`rib chiqishning amaldagi tartibi ma`muriy sudlar tomonidan amalga oshiriladi, ularni ko`rib chiqish muddati esa 3-7 kunni tashkil qiladi. Bu esa, o`z navbatida, mamlakatning sayyohlik salohiyatini oshirish hamda uning ijobiy imijini yaxshilash yo`lidagi islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiq kelmaydi. Oxir-oqibat bu qonunchilikda bunday toifadagi ishlarning tegishli davlat organlari tomonidan tezkor ko`rib chiqilishini ta`minlashga doir o`zgarishlarni talab etadi. Yuqorida qayd etilganlarni inobatga olgan holda, qonunchilikka kiritilayotgan o`zgarishlar quyidagilarni nazarda tutadi: 1) Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksidan mamlakatda boʻlish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikning olinishi, ya`ni mamlakat hududida bo`lish qoidalarini buzish jinoiy javobgarlikdan ma`muriy javobgarlikka o`tkaziladi. 

2) ma`muriy javobgarlik choralarini jarima hajmining sezilarli darajada kamaytirish orqali takomillashtirish. Fuqarolarning qonun, insoniylik va adolat oldidagi teng huquqlilik tamoyillarini yo`lga qo`yish maqsadida xorij fuqarolari hamda fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning respublikada bo`lish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortilishi differensiasiya qilindi, ya`ni mamlakatda noqonuniy bo`lish muddatlarini buzish bo`yicha toifaga ajratildi:

3) O`zbekistonda bo`lish qoidalarini buzganlik uchun ma`muriy javobgarlikka jalb qilish ma`muriy sudlardan vakolatli organ (ichki ishlar organlari) vakolatiga o`tkaziladi, bu esa tezkorlik hamda byurokratik jarayonlarning qisqarishiga olib keladi. 

    Boshqa yangiliklar