AsosiyJamiyat

Zarar keltiruvchi manzarali ko`chatlar

'Zarar keltiruvchi manzarali ko`chatlar'ning rasmi

Latviya davlatidan respublikamizga “Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti orqali olib kirilayotgan 28 dona 5 845 604,8 so`m qiymatidagi manzarali ko`chatlardan olingan namunalar “O`zdavkarantin” inspeksiyasining markaziy laboratoriyasida tekshirilganida ushbu o`simlik mahsulotlari zararkunanda hasharotlar bilan zararlanganligi aniqlandi

So`ngra ko`chatlarga nisbatan kimyoviy zararsizlantirish ishlari amalga oshirildi. Biroq zararsizlantirish tadbirlari ham ta`sir etmaganidan so`ng, o`simliklar karantini inspektori A.Abdulazizov, bojxona kapitani Sh.Hamroqulov va ekologik nazorat inspektori O.Turobov tomonidan ushbu ko`chatlar o`rnatilgan tartibda yoqish yo`li bilan yo`q qilindi.

Eslatib o`tamiz, xorijdan import qilinayotgan karantin ostidagi mahsulotlardagi zararli organizmlar respublikamiz hududida tarqalib ketishining oldini olish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, joriy yilning yanvar-avgust oylari davomida 323 tonna, 10,25 mln. dona va 1317 m.kub miqdorida respublikamizga olib kirilayotgan o`simlik mahsulotlarida zararli organizmlar aniqlanganligi sababli chegara maskanlaridan qaytarib yuborilgan. Qaytarib yuborishning imkoni bo`lmagan 3,1 mln. dona zararlangan ko`chatlar esa yoqish yo`li bilan tegishli tartibda yo`q qilingan.

    Boshqa yangiliklar