“Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) echish, qiyoslashdan o`tkazish va o`rnatish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamentlarini tasdiqlash to`g`risida” Hukumat qarori qabul qilindi (698-son, 20.08.2019 y.).
Ma`lum qilinishicha, qaror bilan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini qiyoslashdan o`tkazish bo`yicha ma`muriy reglamentlar tasdiqlandi.
2019 yil 1 noyabrdan boshlab hisobga olish uskunalarini qiyoslovdan o`tkazish bo`yicha davlat xizmatlari faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.
✅ Hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi:
👉 yuridik shaxslar uchun – 4 yil;
👉 jismoniy shaxslar uchun – 8 yilni tashkil etadi.






