AsosiyJamiyat

O`zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3,6 mln kishini tashkil qiladi

'O`zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3,6 mln kishini tashkil qiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining hududiy tuman (shahar) bo`limlari tomonidan, “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi qonunga muvofiq, mehnat stajiga ega bo`lgan fuqarolarga yoshga doir, nogironlik belgilangan shaxslarga nogironlik va boquvchisini yo`qotgan oilalarga boquvchisini yo`qotganlik pensiyalar hamda Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi 107-son qaroriga asosan, mehnat stajiga ega bo`lmagan fuqarolarga yoshga doir, nogironlik belgilangan shaxslarga nogironlik va boquvchisini yo`qotgan oilalarga boquvchisini yo`qotganlik nafaqalar tayinlanadi va to`lash uchun zarur bo`lgan mablag`lar bilan moliyalashtiriladi.

2019 yil 1 oktyabr holatiga, respublika bo`yicha pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3 631,4 ming nafarni yoki aholi sonidagi ulushi 10,9%ni tashkil qildi, deya xabar beradi Pensiya jamg`armasi matbuot xizmati.

Ushbu ko`rsatkich, Toshkent shahrida 13,6%, Navoiy viloyatida 12,1%, Toshkent viloyatida 11,8%, Buxoro viloyatida 11,6%, Farg`ona viloyatida 11,3%, Andijon va Sirdaryo viloyatlarida 11,0%, Xorazm viloyatida 10,8%, Qoraqalpog`iston Respublikasida 10,5%, Namangan va Samarqand viloyatlarida 10,2%, Qashqadaryo viloyatida 9,7%, Surxondaryo viloyatida 9,6% va Jizzax viloyatida 9,1%. 3 631,4 ming nafar pensiya va nafaqa oluvchilardan, 2 719,0 ming nafari (74,9%)ni yoshga doir pensiya oluvchilar, 379,4 ming nafari (10,4%)ni nogiron shaxs sifatida pensiya oluvchilar, 177,0 mingi (4,9%)ni boquvchisini yo`qotganlik pensiya oluvchi oilalar va 356,0 ming nafari (9,8%)ni nafaqa oluvchilar tashkil qildi.

2019 yilning 1 yanvar holatiga nisbatan, yoshga doir pensiya oluvchilar soni 100,3 ming nafar (3,8%)ga, nogironlik pensiya oluvchilar soni 9,0 ming nafar (2,4%)ga, boquvchisini yo`qotganlik pensiya oluvchi oilalar soni 3,6 ming (2,1%)ga hamda yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo`qotganlik nafaqa oluvchilar soni 33,3 ming nafar (10,0%)ga ko`paydi.

Shuningdek, 2019 yilning yanvar-sentyabr oylarida 252,8 ming nafar fuqarolarga yangi pensiya va nafaqalar tayinlandi (shundan, 170,6 ming nafari  (67,5%)ga yoshga doir pensiya, 22,7 ming nafari  (9,0%)ga nogiron shaxs sifatida pensiya, 15,3 ming oila (6,0%)ga boquvchisini yo`qotganlik pensiya va 44,2 ming nafari (17,5%)ga nafaqalar tayinlandi).

 

 

    Boshqa yangiliklar