Qurolli Kuchlar akademiyasida O`zbekiston Respublikasining “Davlat tili” haqidagi qonun qabul qilinganligining o`ttiz yilligiga bag`ishlangan “Til bor ekan – millat barhayot” mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi.
Unda Mudofaa vazirligi mas`ul ofiserlari, “Turon” davlat harbiy teatr jamoasi, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari, elimiz ardog`idagi san`atkorlar hamda o`quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Videoselektr tarzida o`tkazilgan tadbirni barcha harbiy okrug, Havo hujumidan mudofaa qo`shinlari va Harbiy havo kuchlari qo`mondonligi, oliy harbiy ta`lim muassasalari shaxsiy tarkiblari onlayn tarzda kuzatib bordi.
Tadbirda so`zga chiqqanlar “Tilning millat va jamiyat hayotidagi o`rni va ahamiyati”, “Davlat tili – millatning ruhi, madaniyati, faxr va iftixori” mavzularidagi ma`ruzalari bilan, ayniqsa, o`quvchi yoshlarga hayotiy misollar orqali Ona tilimizning nechog`liq ulug`vor ekanligini isbotlab berdi.
Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari va o`quvchi yoshlar birgalikda o`zbek mumtoz she`riyatining nodir namunalari jamlangan she`riy guldastani ishtirokchilarga taqdim etdi.
Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestrining musiqiy chiqishlari barchaga ko`tarinki ruh ulashdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti






