AsosiyJamiyat

Bobur Egamberganov intellektual qobiliyati uchun "Nobel"ning muqobili "Mira Guzi" mukofotiga loyiq topildi

'Bobur Egamberganov intellektual  qobiliyati uchun "Nobel"ning muqobili "Mira Guzi" mukofotiga loyiq topildi'ning rasmi

Ilk bora o`zbekistonlik Bobur Egamberganov "Mira Guzi" mukofoti sovrindor deb topildi. Bobur Egamberganov yoshlarni ijodiy va intellektual qobiliyatini qo`llab-quvvatlash bo`yicha g`olib deb topildi. Bu haqda O`zA xabarida ma`lum qilindi.

Boburbek 2000 yilning 29 sentyabrida Xorazm viloyati Urganch tumanida tug`ilgan. 2003-2013 yillar oralig`ida Ukrainaning Jitomir shahrida yashagan. 2013 yilda oilasi bilan O`zbekistonga qaytib, Urganch shahar 5-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining 5-sinfiga qabul qilingan. 2019 yilda Urganch Qurilish kasb-hunar kollejni tugatgan. Hozirda Moskva Davlat boshqaruvi institutining 1-bosqich talabasi. U rus, ukrain, turk, tatar, arab va polyak tillarini biladi.

"Mira Guzi" mukofoti "Nobel" mukofotining Osiyodagi muqobili sifatida tan olingan bo`lib, 2002 yilda Filippinda ta`sis etilgan. 

"Mira Guzi" mukofoti alohida shaxs yoki jamoaga inson qadr-qimmatini oshirish, dunyoda tinchlik o`rnatishga qo`shgan hissasi, ilm fandagi yutuqlari uchun beriladi. 

Har yili mingdan ortiq nomzodlar orasida 10-15 nafar nomzodlar "Mira Guzi" mukofoti bilan taqdirlanib kelinadi. 

Ushbu mukofotning navbatdagi sovrindorlari orasida Buyuk Britaniya, Isroil, Hindiston, Malayziya, Begiya kabi davlat vakillari qatorida o`zbekistonlik Bobur Egamberganov ham bor.

Mukofot bilan taqdirlash marosimi 27 noyabr sanasida Filippinda bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar