AsosiyDunyo

Qashshoqlik chegarasi yuqori bo`lgan Evropa Ittifoqi mamlakatlari ma`lum bo`ldi (Video)

'Qashshoqlik chegarasi yuqori bo`lgan Evropa Ittifoqi mamlakatlari ma`lum bo`ldi (Video)'ning rasmi

Evropa statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, har beshinchi evropalik yoki bo`lmasam 109 million kishi ijtimoiy izolyasiya holatiga yoki qashshoqlar qatoriga tushib qolish xavfi ostida turibdi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Bu erda gap kam daromad, jiddiy moliyaviy qiyinchiliklar yoki bandlik darajasi past bo`lgan oilalarda yashash kabi holatlar haqida ketmoqda. Ushbu yo`nalishda ayniqsa ayollar himoyaga muhtoj ekanligi oydinlashdi. Evrostat hisobotiga ko`ra, Evropa Ittifoqi mamlakatlarida qashshoqlik bilan bog`liq muammolarning ko`lami turlicha. Ittifoqning 7 ta davlatida har 4-fuqaro qashshoqlik xavfi ostida.

 Ushbu ro`yxatning yuqori qismidan Bolgariya, Ruminiya va Gresiya joy olgan. Bolgariyada qashshoqlik chegarasida turgan shaxslar 32,8 foizni tashkil etgan. Keyingi o`rinlarni esa Latviya, Litva, Italiya va Ispaniya egallagan. Qashshoqlik darajasi eng past mamlakatlar esa Chexiya, Sloveniya, Slovakiya, Finlyandiya, Niderlandiya, Daniya va Fransiya hamda Avstriya bo`ldi.

Boshqa yangiliklar