AsosiyJinoyat
1542

458 million so`mlik isitish radiatorlarini yashirincha olib kirishga bo`lgan urinish naf bermadi

'458 million so`mlik isitish radiatorlarini yashirincha olib kirishga bo`lgan urinish naf bermadi'ning rasmi

Bojxona organlari tomonidan tovar moddiy boyliklarini yurtimizga noqonuniy yo`llar bilan olib kirishga bo`lgan urinishlar o`z vaqtida bartaraf etilmoqda.

Jumladan, ''Olot'' chegara bojxona postiga qo`shni mamlakatdan kirib kelgan  “Mersedes-Bens” yuk avtotransporti bojxonachilar tomonidan tegishli tartibda ko`zdan kechirildi. 

Natijada, avtomashinadagi yuklar bilan ularga tegishli kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilgan malumotlarda o`zaro nomuvofiqlik mavjudligi malum bo`ldi.

Tekshiruv jarayonida yuk kuzatuv xujjatlarida qayd etilgan keramik plitkalardan tashqari, avtomashinada umumiy qiymati 458,39 million so`mlik uy isitish uchun mo`ljallangan radiatorlar borligi aniqlandi. 

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar