1

Samarqand shahri kuni keng nishonlandi

Jamiyat 19.10.2019, 21:52
Teglar: ​Samarqand
Samarqand shahri kuni keng nishonlandi

1996 yil 18 oktyabr kuni Amir Temur bobomizning 660 yillik yubileyida Samarqand shahri “Amir Temur” ordeni bilan taqdirlangan va 18 oktyabr Samarqand shahar kuni deb belgilangan edi. Shundan buyon ushbu kun viloyatda keng nishonlanadi.

Erta tongdan karnay-surnay sadolari yangrab barchani bayramga chorladi. Asosiy tadbirlar ekomarafon bilan boshlandi. “Biz kelajak uchun javobgarmiz!” shiori ostida o`tkazilgan ushbu “ARAL MARATHON” xalqaro ekologik marafonda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo`lgan minglab fuqarolar ishtirok etishdi.

Viloyat jamoatchiligi vakillari Sohibqiron Amir Temur maqbarasini ziyorat qildilar. Bu erda o`tgan buyuk ajdodlarimiz ruhiga bag`ishlab Qur`on tilovat qilindi. Shundan so`ng viloyat va shahar hokimliklari, korxona va tashkilotlar, ta`lim muassasalari tomonidan Amir Temur haykali poyiga gul qo`yildi.

Samarqand shahri kuni tadbirlari doirasida shahardagi 7 ta maskan – Kimyogarlar qo`rg`oni, Farhod va So`lim shaharchalarida, Registon maydoni, Islom Karimov ko`chasi hamda Alisher Navoiy, “Yoshlik” nomli madaniyat va istirohat bog`lari, Hamid Olimjon nomidagi viloyat musiqali drama teatri oldidagi maydon va boshqa joylarda ommaviy xalq sayillari, madaniy-ma`rifiy tadbirlar, tanlovlar va taniqli san`atkorlar ishtirokida konsert dasturlari bo`lib o`tdi. 

Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog`ida o`tkazilgan sayilda 150 kilogrammlik osh damlandi.

Bayram tadbirlari doirasida Alisher Navoiy ko`chasida “Tabiat saxovati” yarmarkasi ochildi. Unda viloyatda etishtirilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari va qayta ishlangan iste`mol mollari savdosi o`tkazilmoqda. Mazkur yarmarka 20 oktyabrga qadar davom etadi.

Sharhlar

Samarqandda Sobalt haydovchisi maktab o`quvchisini urib yubordi

01.05.2024, 14:46

Joriy yilning 29 aprel kuni soat 17:00 atrofida Samarqand shahar O`zbekiston ko`chasida Cobalt avtomashinasi haydovchisi, yo`lning belgilanmagan qismidan o`tayotgan voyaga etmagan 2009 yilda tug`ilgan 8...
Samarqandda 31 yoshli ayol o`zi bilan ishqiy munosabatda bo`lib yurgan erkakni videolarini xotiniga ko`rsatish bilan qo`rqitib, 15 ming AQSh dollari talab qildi (video)

17.04.2023, 13:04

Pastdarg`om tumanida 31 yoshli ayol 33 yoshli erkakdan tovlamachilik yo`li bilan pul talab qildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, erkak...
"Restoran ishchilaridan tortib IIB kapitanigacha..." Samarqandda bloger ichib olib "tomosha" ko`rsatdi

14.02.2023, 13:35

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi mahalliy blogerlardan biri mast holatda restoranda janjal ko`targani, ishchilarga kuch ishlatishga uringani, shuningdek, ichki ishlar xodimlarini haqorat qilganligi aks etgan video tarqaldi....
Samarqandda bir oilaning 5 a`zosi zaharlanib, ikki nafari vafot etgani bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

01.02.2023, 10:49

Avval xabar qilganimizdek, Samarqand viloyati Qo`shrabot tuman "Zarmitan" MFYda yashovchi fuqaro S.N. xonadonida uyda, qo`lbola usulda tayyorlangan bodring konservasini iste`mol qilish natijasida 5 kishida ovqatdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1