AsosiySport

O`zbekiston fransuz boksi “Savat” Assosiasiyasi davlat ro`yxatidan o`tkazildi

'O`zbekiston fransuz boksi “Savat” Assosiasiyasi davlat ro`yxatidan o`tkazildi'ning rasmi

Adliya vazirligi O`zbekiston fransuz boksi “Savat” Assosiasiyasini davlat ro`yxatidan o`tkazdi. Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar berdi.

Mazkur tashkilotning asosiy maqsadi Assosiasiya a`zolari, O`zbekistonda fransuz boksi bilan shug`ullanadigan havaskor va professional sportchilar, murabbiylar, mutaxassislar, ekspertlar va veteranlarning huquqlari hamda erkinliklarini ro`yobga chiqarish va himoya qilish, ularga har tomonlama yordam ko`rsatishdan iborat.

Fransuz boksi “Savat” sport turiga to`xtaladigan bo`lsak, u 300 yildan ko`proq tarixga ega sport turi hisoblanadi. Fransuz boksi “Savat“ sport turi 1924 yil Parij shahrida bo`lib o`tgan yozgi Olimpiya o`yinlarida rasmiy sport turlaridan biri bo`lgan va u hozirgi kunda Fransiyaning davlat merosi hisoblanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar