Bir muddat avval Xalq deputatlari Bo`stonliq tumani Kengashi deputati, bugungacha “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a`zosi bo`lgan Kabul Dusov boshqa partiyaga o`tganini rasman e`lon qilgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur xabarga nisbatan O`zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy kengashi Markaziy apparatining rasmiy bayonoti chiqdi.
Unga ko`ra, joriy yilning 19 oktyabr kuni fayzbog.uz saytida "Kuch adolatda!" Kabul Dusov “Adolat” partiyasiga o`tdi” nomli xabar e`lon qilindi. Unda “Xalq deputatlari Bo`stonliq tumani Kengashi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a`zosi bo`lgan Kabul Dusov boshqa partiyaga o`tganini e`lon qildi.
Bugungi kun holatiga ko`ra, "Adolat" SDPning tuman, shahar tashkilotlari tomonidan Kabul Dusov partiya a`zoligiga qabul qilinmagan.