1

Aliment to`lashdan bo`yin tovlagan otaga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 21.10.2019, 18:42
Aliment to`lashdan bo`yin tovlagan otaga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Kattaqo`rg`on tumanlararo sudining sud hujjatiga asosan qarzdor O.Bozorov tomonidan undiruvchi D.Raxmonovaning foydasiga ikki nafar farzandining voyaga etgunlariga qadar moddiy ta`minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining uchdan bir qismi miqdorida aliment pulini to`lab borishi belgilangan.

Biroq qarzdor O.Bozorov aliment pullarini to`lashdan qasddan bo`yin tovlab kelgan. Shu sababli Kattaqo`rg`on shahar ma`muriy sudining qarori bilan O.Bozorov O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 47(4)-moddasi bilan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan. 

Fuqaro O.Bozorov qo`llanilgan jarima jazosidan so`ng ham o`ziga tegishli tegishli xulosa chiqarmasdan, voyaga etmagan farzandini moddiy ta`minlashdan qasddan muttasil ravishda bo`yin tovlab kelgan. 

Natijada uning qarzdorligi 2015 yilning iyun oyidan shu yilning oktyabr oyiga qadar hammasi bo`lib 30 mln. 548 ming so`mni tashkil etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Kattaqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan fuqaro O.Bozorovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1