AsosiyJamiyat

Toshkentda ishlamay qolgan svetoforni supermarket xodimlari boshqardi

6 yanvar kuni Toshkentdagi Beruniy va Shifokorlar ko`chalari kesishgan chorrahadagi ishlamay qolgan svetofor o`rniga «Makro» supermarketi xodimlari yo`l harakatini boshqarib turdi. Bu haqda Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhi a`zolaridan biri ma`lum qildi deya xabar qiladi daryo.uz.

Xabar ostiga izoh qoldirgan boshqa guvohlarning so`zlariga ko`ra, svetofor elektr tokidagi uzilish tufayli ishlamay qolgan va elektr qayta kelgach ham ishlamay turgan. Ushbu hududda joylashgan supermarket avtoturargohi xodimlari esa vaziyatni qo`lga olib, tez orada tirbandlikni taqatib yuborgan va keyin ham harakatni boshqarib turgan.

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / «Voditeli Tashkenta»

Foto: Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Foto: Facebook / «Voditeli Tashkenta»

Izoh beruvchilarning aksariyati svetofor vazifasini bajarib turgan supermarket xodimlariga minnatdorchilik izhor qilgan. Shu bilan birga qorong`u kechada yorug`lik qaytaruvchi maxsus jiletlar kiyish maqsadga muvofiq bo`lganini ham ta`kidlashgan.

    Boshqa yangiliklar