1

Qarshida noyob jarrohlik amaliyoti: yutib yuborilgan igna umurtqa pog`onasidan olib tashlandi

Jamiyat 21.10.2019, 19:29
Qarshida noyob jarrohlik amaliyoti: yutib yuborilgan igna umurtqa pog`onasidan olib tashlandi

Joriy yilning 17 oktyabr kuni respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali xirurgiya bo`limiga tish tozalayman deb igna yutib yuborgan bemor yotqizildi. Bu haqida Qashqadaryo viloyat Sog`liqni saqlash boshqarmasiga tayanib viloyat hokimiyati axborot xizmati ma`lum qilmoqda
Aniqlanishicha, bemor o`n to`qqiz yoshli g`uzorlik Ozod Normatov bo`lgan.
Filialda ushbu operasiyani amalga oshirish imkoniyati yo`qligi sababli markaz bilan kelishuv asosida bemor viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazi neyroxirurgiya bo`limiga o`tkazilgan. Unga “bo`yin umurtqasining uchinchisida, chap yon tomonida yot jism (igna)” degan tashxis qo`yiladi.
19 oktyabr kuni shifokorlar Soat Temirov va Suvon Berdiev tomonidan jarrohlik amaliyoti o`tkazilib, hech kanday asoratsiz, qon tomir va nerv tomirlarga zarar bermagan holda igna olib tashlandi.
- Bunday amaliyot viloyatimizda, bizning tibbiyot markazimizda EOP apparati yordamida birinchi marta muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirildi, — deydi viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori To`lqin Rasulov.
Ayni paytda bemor o`zini yaxshi his qilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1