1

O`zbekiston—Qozog`iston chegarasida yuzaga kelgan tirbandlikka izoh berildi

Jamiyat 22.10.2019, 09:02
O`zbekiston—Qozog`iston chegarasida yuzaga kelgan tirbandlikka izoh berildi

 

Qozog`istonning «Tajen» chegara bojxona posti va Qoraqalpog`iston Respublikasida joylashgan «Dovud ota» chegara bojxona posti o`rtasidagi yo`lda transport vositalarining tirbandligi yuzaga keldi. Bu haqda O`zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari matbuot xizmati ma`lum qilgan.  

DXX xabariga ko`ra, Qozog`istonning «Tajen» chegara bojxona postida uch kun mobaynida yuzaga kelgan texnik nosozliklar sababli haydovchilardan O`zbekiston va Qozog`iston chegarasini kesib o`tishda boshqa yo`nalishni tanlash so`raladi.

O`zbekiston Chegara qo`shinlari matbuot xizmati qozog`istonlik chegarachilarning yaqin vaqt ichida ushbu texnik nosozlikni bartaraf etishiga umid bildirmoqda.

Avval ham Qozog`istonning «Tajen» chegara bojxona postidan Qoraqalpog`iston Respublikasi «Dovud ota» chegara bojxona postiga kirishda 40 ta «fura» tirbandlik sababli navbatda turgani haqida xabarlar tarqalgan edi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1