AsosiyJinoyat

Uy-joylarni qurishdagi talon-torojlik fosh etildi

'Uy-joylarni qurishdagi talon-torojlik fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shirin shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I.M.Q.” MChJ rahbari A.Q. va boshqalar  shartnomaga asosan Shirin shahrida uy-joylarni qurish uchun buyurtmachi tomonidan moliyalashtirilgan 1,4 mlrd. so`m pul mablag`laridan 426,9 mln. so`mini amalda bajarilmagan qurilish ishlarini dalolatnomalarga qo`shib yozish orqali talon-toroj qilinganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.Q. va boshqalarga nisbatan JKning 167 va 228-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar