1

O`zbekiston harbiy delegasiyasi rasmiy tashrif bilan Qozog`istonga jo`nab ketdi

Jamiyat 23.10.2019, 10:30
O`zbekiston harbiy delegasiyasi rasmiy tashrif bilan Qozog`istonga jo`nab ketdi

22 oktyabr kuni O`zbekiston Mudofaa vazirligining Shimoli-g`arbiy harbiy okrug qo`shinlari qo`mondoni, polkovnik Dilshod Choriev boshchiligidagi harbiy delegasiya rasmiy tashrif bilan Qozog`istonga jo`nab ketdi.

O`zbekiston delegasiyasi Qozog`istonning “Janub” Regional qo`mondonligida bir necha kunlik safari davomida qo`shinlar boshqaruvi hamda ularning jangovar va operativ tayyorgarligi bilan yaqindan tanishib, tajriba almashishi ko`zda tutilgan.

Eslatib o`tamiz, shu yilning 27 sentyabr kuni Qozog`istonning “Janub” Regional qo`mondonligi qo`mondoni general-mayor Kaydar Karakulov rahbarligidagi harbiy delegasiya rasmiy tashrif bilan O`zbekistonga kelgan edi. Tashrif davomida “Janub” Regional qo`mondonligi qo`mondoni Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi harbiy qism va muassasalarning infratuzilmasi, harbiy mutaxassislarni tayyorlash jarayonlari hamda o`quv-moddiy baza bilan tanishgan edi. Unda mudofaa sohasida o`zbek-qozoq hamkorligining istiqbollari muhokama qilinib, harbiy yo`nalishda o`zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash bo`yicha fikrlar berilgandi.

Shimoli-g`arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1