O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati ma`lumotlariga ko`ra, 9−12 yanvarda O`zbekistonda ob-havoning keskin o`zgarishi kutilmoqda: vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin, deya xabar qilmoqda daryo.uz.
Shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechasi 5-7° sovuqgacha, kunduzi 0° gacha pasayadi. Tog`larda 9−12 yanvarda vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog`adi, qor ko`chishi xavfi bor.
9 yanvar soat 20 dan 10 yanvar soat 20 gacha Toshkentda havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4° sovuq, kunduzi 4-6° iliq bo`ladi.
Shuningdek, 12−14 yanvar kunlari ham Respublikaning ayrim hududlarida yog`ingarchilik (qor, yomg`ir) bo`lishi kutilmoqda.





