Shartnomaga ko`ra, Romitan tumanidagi engil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonaga Saudiya Arabistonining “Astra Industrial Complex Co.Ltd” MChJ tomonidan engil sanoat dastgohlari etkazib berilgan edi.
Biroq, dastgohlarni qabul qilgan korxona xorijiy korxonasiga pul mablag`lari kelishilgan vaqtda o`tkazib berilmagan. Buxoro viloyat iqtisodiy sudining yildagi qaroriga ko`ra, qarzdor korxona hisobidan “Astra Industrial Complex Co.Ltd” MChJ foydasiga 102 ming 672 AQSh dollari miqdorida qarzlarni undirish to`g`risidagi ijro hujjati yuzasidan Majburiy ijro byurosining Romitan bo`limiga kelib tushdi, ijro harakatlari davomida qarzdor qarzlarini qisman to`ladi.
Shundan so`ng, qarzdor korxonaga tegishli bo`lgan “Gaz 330202” rusumli, “Cobalt” rusumli hamda “MAZ” rusumli va “Toyota Camry” rusumli avtomashinalar dalolatnoma asosida xatlanib, Romitan tuman IIB YHXG.ga qarashli avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash maydonchasiga joylashtirilgan. Endilikda, ushbu transport vositalari “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasiga joylashtiriladi.






