AsosiyJamiyat

Yunusoboddagi kafelardan birida yong`in yuz berdi

'Yunusoboddagi kafelardan birida yong`in yuz berdi'ning rasmi

2019 yilning 22 oktyabr kuni soat 10:30 da Toshkent shahri Yunusobod tumani 19-daha T.Zoxidov ko`chasi 2-uyda joylashgan “Delfir” MChJga qarashli umumovqatlanish shoxobchasida yong`in sodir bo`layotganligi haqida yong`in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga 4 ta yong`in o`chirish bo`linmalari jalb etilgan. Birinchi bo`linmalar chaqirilgan manzilga 8 daqiqada etib borgan. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yog`in soat 10:43 da bartaraf etilgan. 

Hodisa oqibatida shoxobchaning 30 kv.metr maydonda shift qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar va halok bo`lganlar qayd etilmagan. Yong`indan binoning 150 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Yong`inni taxminiy sababi ochiq olovdan foydalanishda ehtiyotsizlik. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi.

 

    Boshqa yangiliklar