AsosiyJamiyat

Namangan viloyatining tergov hibsxonasida mahkuma ayol vafot etdi

'Namangan viloyatining tergov hibsxonasida mahkuma ayol vafot etdi'ning rasmi

2019 yil 22 oktyabr kuni soat 02:30lar chamasida sudining hukmiga ko`ra, JKning 168 va boshqa moddalar bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va mazkur sud hukmidan norozi bo`lib apellyasiya shikoyati yozgan, Namangan viloyati IIB 6-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkuma Shoxista M. (1976 y.t.) o`zi saqlanayotgan hibsxona kamerasida to`satdan salomatligi yomonlashib, ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida, mahkuma Shoxista M.ning o`limi "yurakning kamqonlik kasalligi, o`tkir yurak qon tomir etishmovchiligi natijasida kelib chiqqanligi, marhumada tan jarohatlari aniqlanmaganligi" ko`rsatilgan, deya xabar beradi Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i.

Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar