AsosiyJamiyat

1 noyabrgacha qo`l telefoningizni bepul ro`yxatdan o`tkazmasangiz, keyin pulli bo`ladi

'1 noyabrgacha qo`l telefoningizni bepul ro`yxatdan o`tkazmasangiz, keyin pulli bo`ladi'ning rasmi

2019 yilning 1 apreldan yurtimizda mobil qurilmalar IMEI kodlarini avtomatik ravishda ro`yxatdan o`tkazish ishlari boshlangan. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi eslatmoqda. Bu 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1 apreldan 1 noyabrgacha — avtomatik (bepul)

1 noyabrdan 1 dekabrgacha — ariza orqali (bepul)

1 dekabrdan boshlab — ariza orqali (pullik)

Qanday tekshirish mumkin?

Bugungi kunda ishlatib yurgan mobil telefoningiz yoki sim-kartali planshetingizning IMEI kodlari aloqa operatorlari tomonidan UZIMEI bazasiga avtomatik o`tkazilgan.

Har ehtimolga qarshi IMEI kodi ro`yxatdan o`tgan yoki o`tmaganini uzimei.uz saytidan tekshirishingiz mumkin. Telefon (planshet) IMEI kodini aniqlash uchun *#06# kodini tering.

Yangi telefonlarni nima qilish kerak?

Agar telefoningiz yangi bo`lsa va uni hali biror marta ishlatmagan bo`lsangiz, 1 noyabrgacha unga bir marta sim karta solib, ishlating, shunda u avtomatik tarzda ro`yxatga olinadi. Buning uchun xizmat haqi olinmaydi yoki qo`shimcha biror saytga kirib, ovora bo`lish shart emas.

❗️Agar telefoningiz 2 ta sim-kartali bo`lsa va undan faqat bitta sim-karta joylashtirib foydalasangiz, unda 1 noyabrgacha ikkinchi tomoniga ham sim-karta qo`yib, uni ham bir marta ishlatib qo`ying. Shunda muammo bo`lmaydi.

1 noyabrdan nima bo`ladi?

1 noyabrdan IMEI kodini ro`yxatdan o`tkazish avtomatik bo`lmaydi, buning uchun SMS/USSD so`rovlar, UZIMEI tizimi operatori, pochta bo`limlari va boshqa usullar orqali amalga oshiriladi. 1 dekabrgacha bu bepul bo`ladi.

1 dekabrdan nima bo`ladi?

1 dekabrdan IMEI kodini ro`yxatdan o`tkazish uchun haq olinadi. Bunda narxlar ro`yxatdan o`tkazish muddatiga qarab 2 xil bo`ladi. Masalan, jismoniy shaxslar uchun:

yangi telefonni ishlatgandan boshlab 30 kun ichida ro`yxatdan o`tkazsa — 44 ming 600 so`m (20%);

yangi telefonni ishlatgandan boshlab 30 kundan keyin ro`yxatdan o`tkazsa — 55 ming 750 so`m (25%).

‼️Bunda yana bir muhim jihati, yangi telefonning IMEI kodi 30 kun ichida ro`yxatga olinmasa, telefon ishlamay qoladi. Ro`yxatdan o`tkazgandan keyingina ishlashni boshlaydi. Shuning uchun, telefon sotib olayotganda uning IMEI kodi ro`yxatdan o`tganini albatta tekshiring.

Xitoy telefonlarga nima bo`ladi?

1 noyabrdan boshlab ishlab chiqaruvchisi noma`lum va IMEI kodi haqiqiy bo`lmagan qalbaki Xitoy telefonlari ishlamay qoladi. Ularni 1 noyabrga qadar bir marta ishlatib, avtomatik ro`yxatdan o`tkazsa bo`ladi, keyin buning imkoni bo`lmaydi.

 

    Boshqa yangiliklar