AsosiyJamiyat

O`zbekistonda SMS orqali ham avtomobil olsa bo`lishiga ishongan fuqaro chuv tushdi

'O`zbekistonda SMS orqali ham avtomobil olsa bo`lishiga ishongan fuqaro chuv tushdi'ning rasmi

Rishton tumanida yashovchi fuqaro M.Matkarimovning telefoniga  2018 yil 14 oktyabr kuni SMS   xabar keladi. SMS xabarda 1 yildan 5 yilgacha muddatga, yillik 8% dan 16 % gacha, 30 % oldindan to`lov bilan avtomobil va uy-joylarni olib berishlari aytilgan bo`ladi. Fuqaro  SMS  xabar bo`yicha  “Umid avtolizing” bilan bog`lanib kerakli ma`lumotlarni oladi. 2018 yil 1 dekabr kuni Farg`ona shahridagi “Umid savdo fayz invest” MChJda hujjatlarni to`ldirib avtomobilni 3-4 oyda keltirib berishlari sharti bilan naqd 33 500 000 so`mni to`laydi. Ammo sal kam bir yil bo`lsada avtomobildan darak bo`lmagach, sabr kosasi to`lgan fuqaro Farg`ona shahar iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi. Bu haqda jamiyatlar federasiyasi bo`lim boshlig`i Sherali Sattarov "Darakchi"ga ma`lum qildi.

Farg`ona shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan iste`molchi murojaati tegishli tartibda o`rganish ishlari olib borilganda, mas`uliyati cheklangan jamiyat bilan 01.12.2018 yilda imzolangan 3/F-10-sonli shartnomaga asosan “Damas” rusumli avtomobil uchun 30 foizli oldindan to`lovni  33 500 000 (o`ttiz uch million besh yuz ming) so`mni to`laganligiga qaramasdan avtomobilni kelishilgan muddat, ya`ni 3-4 oy ichida emas, balki shu kunga qadar olmaganligi ma`lum bo`ldi.

Jamiyat xodimlarining harakatlari sabab  kuni kecha iste`molchi M.Matkarimov ijrochi tomonidan uning oldindan to`lagan mablag`i to`lig`icha bank plastik kartochkasiga o`tkazib berilganligini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar