AsosiyJamiyat

Past Darg`omdagi "chirigan" simyog`och haqidagi shikoyat saytda e`lon qilingan kunning o`zidayoq yangisiga almashtirildi (Qoyil!)

'Past Darg`omdagi "chirigan" simyog`och haqidagi shikoyat saytda e`lon qilingan kunning o`zidayoq yangisiga almashtirildi (Qoyil!)'ning rasmi

23 oktyabr kuni “Zarnews.uz” saytida joylashtirilgan “Kun fotosi: Past Darg`om tumani Juma shahridagi Samarqand mahallasi, Ma`rifat ko`chasida “qad rostlab” turgan ushbu elektr simyog`och ancha vaqtdan buyon “ijtimoiy himoya”ga muhtoj. Tayanch ustunlarning biri chirib, deyarli qulash arafasida turgan bo`lsa-da, simyog`och uchun qayg`uradigan mutasaddilarning parvoyi falak” sarlavhali material “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan atroflicha o`rganib chiqilib, bu holat yuzasidan tezkor choralar ko`rildi, deb xabar bermoqda jamiyat Matbuot xizmati

Ma`lum bo`lishicha, Past Darg`om tumani Juma shahridagi Samarqand mahallasi, “Ma`rifat” ko`chasidagi simyog`och ustuni noma`lum yuk avtomoshinasi tomonidan shikast etkazilgani tufayli yaroqsiz holga kelgan.

Shikoyat saytda e`lon qilingan kunning o`zidayoq Past Darg`om tuman elektr ta`minoti korxonasi tomonidan ushbu simyog`och yangisiga almashtirildi.

Eslatib o`tamiz, ayni vaqtda elektr energiyasi ta`minoti bilan bog`liq holatlar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ishga tushirilgan Call-Markazining 11-54 raqami yoki Telegram’dagi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali (👉 @hetmuloqot, @HET_admin) orqali ham o`z murojaatlaringizni yo`llashingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar