AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura shov-shuv bo`lgan Yangiyo`l “zamnachalnik GAI”si ishini o`rgandi

'Bosh prokuratura shov-shuv bo`lgan Yangiyo`l “zamnachalnik GAI”si ishini o`rgandi'ning rasmi

Kecha, 22 oktyabr kuni telegram ijtimoiy tarmog`ining “Voditeli Yangiyulya” telegram kanaliga Yangiyo`l tuman YHXB boshlig`ining o`rinbosarining “taksist”larga atalgan haqoratga to`la audiofayli joylandi.

Shuningdek, “qo`shni mahalla” telegram kanalida “Yangiyo`lning «zamnachalnik GAI»sining haqoratlarga to`la audiosi kelib tushdi” sarlavhasi ostida xabar qo`yildi. Unda keltirilishicha, o`zini Toshkent viloyati Yangiyo`l tumani IIB yo`l harakat xavfsizligi boshlig`ining o`rinbosari Usmon deb tanishtirgan odam haqorat qilish bo`yicha Mirishkor tumani hokimining rekordini yangiladi. Lavozimdagi bu insonning kurakda turmaydigan haqoratli murojaati yangiyo`llik kirakashlarga atalgan.

Mazkur kanalda ichki ishlar xodimi so`zlarining eshitish og`ir bo`lgan joylari belgili tarzda  keltirilgan.

                  Shundan so`ng esa bu yashin tezligida ijtimiy tarmoqlarda tarqalishga ulgurdi va ko`plab munozaralarga sabab bo`lmoqda. 

Bugun Bosh prokuratura tezkor o`rganilgan mazkur holatni darakchi.uzga taqdim qildi. 

Aniqlanishicha, 2019 yil 22 oktyabr kuni telegram ijtimoiy tarmog`idagi “Voditeli Yangiyulya” kanaliga o`zini Yangiyo`l tuman YHXB boshlig`ining o`rinbosari Usmon deb tanishtirgan shaxs 38 sekundlik audiofaylni joylashtirib, shu guruh ishtirokchilari hisoblangan 1650 nafar taksi haydovchilari (kirakashlar)ni qo`pol tarzda haqoratlab, ularning sha`ni va qadr-qimmatini kamsituvchi so`zlar bilan keng jamoatchilikning haqli e`tirozlariga sababchi bo`lgan.

Shundan so`ng “Voditeli Yangiyulya” guruhi a`zolari O.Mirzaev va boshqalar 2019 yil 23 oktyabr kuni tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, Yangiyo`l tuman YHXB boshlig`ining o`rinbosari Usmon isimli shaxsning xatti-harakatlaridan noroziligini bildirib, qonuniy chora ko`rishlikni so`radi.

Mazkur ariza bo`yicha o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida, murojaatda ko`rsatilgan shaxs Yangiyo`l tumani IIB YXHB boshlig`ining o`rinbosari lavozimida xizmat qilib kelayotgan leytenant Usmon Z. ekanligi aniqlanib, undan holat yuzasidan izoh so`ralganda, u ushbu ovozli yozuvlar uniki emasligini, boshqa bir noma`lum shaxs ushbu yozuvlarni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirganligini bildirgan.

Shuningdek, ushbu ovozli yozuv keng jamoatchilikning muhokamasiga sabab bo`layotganligi bois hamda haqiqatga oydinlik kiritish maqsadida, tuman YHXB boshlig`i o`rinbosari leytenant Usmon Z.ga nisbatan idoraviy tartibda Toshkent viloyat IIBBga hamda IIB YHXBga xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Hozirgi vaqtda Yangiyo`l tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar