AsosiyJamiyat

O`zbekistonning jamoatchilik faollari Top-30 taligi e`lon qilindi

'O`zbekistonning jamoatchilik faollari Top-30 taligi e`lon qilindi'ning rasmi

“Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda O`zbekistonning so`nggi yillardagi jamoatchilik faollari Top-30 talik ro`yxatini tuzdi.

Bugungi kunda O`zbekistonda qabul qilinayotgan barcha muhim qarorlarni keng jamoatchilik va ekspertlar bilan maslahatlashgan holda qabul qilish amaliyoti keng joriy qilinmoqda.

Bu esa mamlakat aholisida kuchli fuqarolik pozisiyasining shakllanishi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy masalalarga erkin munosabat bildira oluvchi jamoatchilik fikri liderlarining yangi avlodini shakllanishiga turtki bo`lmoqda.

“Yuksalish” umummilliy harakati tuzgan mazkur reyting O`zbekistonda fikrlar plyuralizmining ta`minlanishiga, aholining turli ijtimoiy va iqtisodiy masalalar yuzasidan xabardorlik darajasining oshishiga hissasini qo`shib kelayotgan jurnalistlar, mustaqil ekspertlar, blogerlar va boshqa jamoatchilik faollardan tashkil topgan. 

    Boshqa yangiliklar