AsosiyJamiyat

Mehmonxonalarga alkogol mahsulotlari sotishga yagona ruxsatnoma beriladi

'Mehmonxonalarga alkogol mahsulotlari sotishga yagona ruxsatnoma beriladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 oktyabrdagi 885-sonli qaroriga muvofiq, Hukumatning ba`zi hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. 

Qarorga ko`ra, endi mehmonxonalar ichida va ularga tegishli joylarda (bar, mini-bar, kafe, restoran) alkogol mahsulotlari sotuvini yo`lga qo`yadigan bir necha stasionar chakana savdo nuqtasi uchun bitta ruxsat guvohnomasi beriladi. 

Ta`kidlash joizki, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 martdagi 89-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom bo`yicha mehmonxonalar va ularga tegishli joylarda alkogol mahsulotlari sotuvini amalga oshiruvchi barcha umumiy ovqatlanish korxonalari (bar, mini-bar, kafe, restoran)ning har biriga alohida ruxsat guvohnomasi olishi kerak edi. 

Bir necha ruxsat guvohnomasi olish tartibining bekor qilinishidan asosiy maqsad mehmonxona biznesiga ko`rsatilayotgan xizmatlarni yanada yaxshilash va ularning sifatini zamonaviy standartlar hamda talablarga muvofiq oshirishdan iboratdir.  

    Boshqa yangiliklar