AsosiyJamiyat

Hukumatning ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi

'Hukumatning ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi'ning rasmi

Qarorga muvofiq, fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Hukumatning 10 ga yaqin qarorlariga o`zgartirishlar kiritildi.

 Xususan, Davlat pensiyalarini tayinlash va to`lash tartibi to`g`risidagi nizomga kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, band shaxslarga ish staji davlat soliq xizmati organlari tomonidan beriladigan:

👉 2019 yil 1 yanvarga qadar bo`lgan davr uchun – Pensiya jamg`armasiga sug`urta badallari;

👉 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun – yagona ijtimoiy to`lov to`langanligi to`g`risidagi ma`lumotnomalar bo`yicha belgilanadi.

Hozirga qadar faqat Pensiya jamg`armasiga sug`urta badallari to`langanligi to`g`risidagi ma`lumotnomalar bo`yicha belgilangan.

    Boshqa yangiliklar