AsosiyJamiyat

OQLOV: Tergovda tazyiq sabab qo`yilgan ayblov o`zini oqlamadi

'OQLOV: Tergovda tazyiq sabab qo`yilgan ayblov  o`zini oqlamadi'ning rasmi

Oliy sudning 2 avgustda o`tkazgan matbuot anjumanida berilgan ma`lumotga ko`ra, 3,5 mingdan ziyod shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo`yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi. Bu kichkina ko`rsatgich emas. Har bir noto`g`ri

ayblov ortida shaxsning qaytarilmas umri turishini unutmaslik lozim. 28 yoshli bir nafar farzandning otasi ham shunday ayblov qurboni bo`ldi...

 

"DASTLABKI TERGOV ORGANIDAN QO`RQQANIM UChUN TAN OLGANMAN"

Dastlabki tergov organi tomonidan xavfli residivist, deb topilgan sudlanuvchi 2016 yil iyulda Qirg`iziston fuqarosi bilan O`zbekistonda yashovchi fuqarolarning mollarini yashirin ravishda o`g`irlashda ayblangan.

 

Sudlanuvchi sudda sodir etgan jinoyatiga iqror bo`lmagan...

Tuhmat qilishgan, jinoyatni dastlabki tergov organidan qo`rqqanim uchun tan olganman. 2014 yildan 2016 yilga qadar fermer xo`jaligi rahbari bo`lganman. 2016 yil oktyabrda fermer xo`jaligini topshirib, shu erda suvchi va soqchi bo`lib ishga kirdim. 9 dekabrda bug`doydan xabar olgani dalaga bordim. Bug`doyzorda mollar yurganini ko`rib, uyimdagi molxonamga olib keldim. Fermer xo`jaligi rahbariga xabar qilish uchun qo`ng`iroq qilganimda raqami o`chiq ekan. Hokimiyatda yig`ilishda bo`lishi mumkinligi uchun qaytib bezovta qilishni lozim topmadim. Birozdan keyin hamqishlog`im uyimga keldi.

— Bumollar Qirg`iziston- da yashaydigan akamga tegishli. Mollar Qirg`izistondan o`tib, kelib qolgan, — dedi.

Mollar molxonada, olib ketishingiz mumkin. Lekin rahbarga bug`doy- zorga kirgani haqida aytdim. Shu bois rahbarga uchrab qo`ying, — dedim.

Ertasiga profilaktika inspektori chaqirtirib, molhaqida so`radi. Hujjat tayyorlab, meni IIBga olib bordi. IIB xodimi esa vaqtincha saqlash xonasiga olib kirdi. Shu bilan ertasi kuni uyimga ketdim. 19 dekabrda IIBprofilaktika inspektori Chust tuman jinoyat sudiga chaqirtirdi. Sudda menga 7 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Qamoqdaligimda oldimga IIB tezkor vakili kelib, mol haqida so`radi.

Mol o`g`riligini bo`yningga olasan, — dedi.

O`g`irlamadim, — deganimni bilaman qiynab urdi. Hatto kiyimlarimni echtirib, ustimga sovuq suv quydi. Vaqtincha saqlash xonasida kiyimsiz qoldirdi. Ichkarida ikki mahkum o`zining kiyimlarini berishdi.

Ertasi kuni oldimga bir necha IIB xodimlari keldi.

Tan olmasa xoinlikda ayblab, qamatib yuboramiz, — deb qo`rqitishdi. Qirg`iziston fuqarosi bilan sheriklikda ayblashdi.

Uni tanimayman, ko`r- maganman, — desam yana urib qiynadi. Ko`zimga urganida shishib, shifoxonaga bordim. Uychi tumanidagi tergov hibsxonasiga olib borishganida, tan jarohati borligi uchun qabul qilishmadi. IIB  xodimlarining gapi

bo`yicha “otdan yiqilib tush- dim”, dedim. So`ng tergov hibsxonasiga qabul qilishdi. Jabrlanuvchilarni tanimayman, G`ova va Og`asaroydagi mol o`g`riliklarga aloqam yo`q. Namangan tuman sudida aytganimda, sud e`tibor qilmadi. O`zimvaoilamturli joylarga murojaat qildik. Mol topilgan kuni kechqurun rahbarning o`zi qo`ng`iroq qilgani, pasportimni MFY posboni olib qo`ygani, chegarani buzib o`tmaganim, otdan yiqilmaganim va IIB xodimining gapi bilan qo`rqqanidan menga ko`rsatgan erini ko`rsatganimni aytdim. Qisqasi, dastlabki tergovda tazyiq ostida ko`rsatma berganimni aytib oqlov hukmi chiqarishni

so`radim.

 

“Tergov harakatlarida xatolikka yo`l qo`yilgan”

Saidjon BADRIDDINOV, jinoyat ishlari bo`yicha Chust tuman sudiraisi:

— Ish hujjatlari va sudtergovi davomida aniqla- nishicha, dastlabki tergov organi tomonidan sudlanuvchining harakati JK 169-moddasi 3-qismining “a” bandi va 223-moddasi 2-qismining “b, v” bandlari bilan etarli dalillarsiz, asossiz kvalifikasiya qilinib, faqatgina sudlanuvchini ayblash yuzasidan bir tomonlama tergov harakatlari o`tkazilib, xatolikka yo`l qo`yilgan.

Jinoyat ishi hujjatlarida sudlanuvchi belgilangan tartibni buzib, Qirg`izistonga chiqqan yoki chegaradan o`tganini isbotlovchi ob`ektiv dalillar mavjud emas. Sud muhokamasi davomida ham bunday dalillar aniqlanmagan.

Sud sudlanuvchidan aybiga iqrorlik arizalari noqonuniy yo`llar bilan, tazyiq ostida olingan deb hisoblab, uning aybiga iqrorlik arizalarini va tergov harakatida Jinoyat-prosessual  kodeksi talablari jiddiy buzilgan holda o`tkazilgani sababli 2016 yil 26 dekabrdagi gumon qilinuvchining ko`rsatuvlarini hodisa sodir bo`lgan joyda tekshirish bayonnomasini nomaqbul dalil deb e`tirof etishni lozim topdi.

Bundan tashqari, sudlanuvchi sudda, dastlabki tergovda “tergovchi ma`muriy qamoqda bo`lgan vaqtida 2 marotaba chaqirib, tergov harakatlarini o`tkazdi. Birinchi marotaba qatnashgan himoyachiga ishonmasligimni aytganman”, degan. Ish hujjatlarida esa sudlanuvchi himoyachining ishtirokini rad qilsa-da, tergovchi tuzgan barcha prosessual hujjatlarda aynan rad qilingan himoyachi qatnashganligi ko`rsatilgan.

Oqlov ishi ko`rilayotgan jarayonda Chust tuman IIB TG tergovchisi o`z ko`rsatmasi bilan sudlanuvchining dastlabki tergovda bergan ko`rsatmalari to`g`riligini tasdiqladi. Chust tuman IIB tezkor vakili va tergov tomonidan bajarilgan harakatlarni sud JPKning 95-moddasi talablariga zid ravishda o`tkazilgan, jinoyat ishida to`plangan barcha hujjatlarni esa nomaqbul dalil, deb hisobladi.

Sudlanuvchi JK 169-moddasi 3-qismining “a” bandi va 223-moddasi 2-qismining “b, v” bandlari bilan aybsiz deb topilib, ushbu jinoyatlarni sodir etishda daxli bo`lmagani sababli oqlandi.

 

Sadoqat ALLABERGANOVA, jurnalist

    Boshqa yangiliklar