— Kam ta`minlanganlar ro`yxatida turaman. 4 nafar farzandim bor, ikki nafari nogiron. Shu bois hech qaerda ishlamayman. Qurilayotgan namunali uylardan olish istagida mahallaga murojaat qilgandim. Ular “1 mln. maosh oladigan kishi topsangiz, uy berishimiz mumkin”, deyishdi. Uy olish uchun boshlang`ich to`lovni to`lashga qurbim etadi. Qaerga murojaat qilsam bo`ladi?
Umida Saidova, Buxoro viloyati G`ijduvon tumani
Firuza IBRAGIMOVA,Buxoro viloyat hokimio`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi:
Vazirlar Mahkamasining “Ariza beruvchi uy quruvchining 2017-2021 yillarda qishloq joylarida yangi- langan namunaviy loyihalar bo`yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2018 yil 9 fevraldagi hamda “Ko`p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish, shuningdek, yosh oilalarga, eskirgan uy- joylarda yashayotganlarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo`lgan fuqarolarning boshqa toifalariga sotish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2017 yil 16 yanvardagi qarorlari bilan tuman va shaharlar hokimliklarida komissiyalar tuzilgan.
Mazkur nizomlar talablaridan kelib chiqqan holda fuqaro U.Saidova arzon uy-joylardan olishi uchun hujjatlarni tayyorlab tuman komissiyasiga taqdim etishi zarur.
Sadoqat ALLABERGANOVA






