AsosiyJamiyat

“Marhum xotin nomidagi uy-joyni kadastrlash uchun to`lov olinadimi?”

'“Marhum xotin nomidagi uy-joyni kadastrlash uchun to`lov olinadimi?”'ning rasmi

— Marhum xotinim nomidagi 40 yillik uy-joyning kadastr hujjatlarini o`z nomimga qayta rasmiylashtirish va davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun davlat xizmatlari to`lovi olinadimi?

Shavkat Boltaev, Hazorasp tumani, Pitnak shahri

 

T.ABDRIMOV,Xorazm viloyat er tuzish va ko`chmas mulk kadastri davlat korxonasi boshliq vazifasini bajaruvchisi:

Ko`chmas mulk ob`ektlariga kadastr yig`majildi tayyorlash uchun davlat xizmatlari narxlari Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi “Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo`yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kadastr ishini tayyorlash va ko`chmas mulk ob`ektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo`yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibi”ga asosan aniqlanadi. Ushbu tartibga ko`ra, yakka tartibdagi turar-joylarning kadastr yig`majildini tayyorlashda ob`ektlarning 1 kvadrat metr maydoni uchun eng kam oylik ish haqining 1 foizi, 25 foizga ko`paytirilgan holda belgilanadi. Umumiy maydonni aniqlashda barcha imoratlar va inshootlarning umumiy maydoni hisobga olinadi. Shuningdek, yuqorida qayd etilgan qarorga asosan 2014 yil 1 avgustdan boshlab, ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish to`lov undirilmas- dan amalga oshirilishi belgilangan.

Yuqorida qayd etilganlarga asosan siz tomondan meros qabul qilib olingan uy-joy binosi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun yuqorida ko`rsa- tilgan Qaror bilan tasdiqlangan “Kadastr ishini tayyorlash va ko`chmas mulk ob`ektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo`yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibi”ga asosan davlat xizmati narxlari to`lovini amalga oshirasiz.

 

Sadoqat ALLABERGANOVA

    Boshqa yangiliklar