AsosiyJamiyat

“O`zbekneftgaz”AJ tomonidan to`xtab qolgan quduqlar qayta ishga tushirilmoqda

'“O`zbekneftgaz”AJ tomonidan to`xtab qolgan quduqlar qayta ishga tushirilmoqda'ning rasmi

Hozirda “O`zbekneftgaz” AJ tomonidan ishlatilmay, to`xtab turgan quduqlarni qaytadan tiklash maqsadida mukammal ta`mirlash ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.  Bu haqda jamiyatning Axborot xizmati ma`lum qilmoqda

Jumladan, joriy yilning 30 sentyabr kuni Qoraqalpog`iston Respublikasidagi “Shimoliy Berdaq” konining 42-sonli qudug`i qayta ta`mirlanganidan so`ng, kunlik hajmi 170 ming kubometrni tashkil etgan gaz oqimi olina boshlandi.

14 oktyabr kuni esa “Sharqiy Berdaq” konining 46-sonli qudug`idagi ta`mirlash ishlari natijasida kunlik hajmi 145 ming kubometrni tashkil etgan gaz oqimi olindi.

“Shimoliy Suzma” konining 9-qudug`idagi ta`mirlash ishlari samarasida kunlik hajmi 50 ming kubometrni tashkil etgan gaz oqimi olina boshlandi.

Hozirda uchala quduq ham qayta ishga tushdi.  

Ushbu quduqlardan qo`shimcha kunlik 365 ming kub. metr gaz oqimi olinmoqda.

    Boshqa yangiliklar