AsosiyJamiyat

Surxondaryoning sobiq hokimi oqlandi

'Surxondaryoning sobiq hokimi oqlandi'ning rasmi

Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand viloyati sudi kassasiya instansiyasi jinoyat ishlari bo`yicha Surxondaryo viloyati sudining 2014 yil 18 avgustdagi hukmining N.Choriev, V.Azizov, R.Rahmonov, F.Qurbonov, A.Pardaevga oid qismini bekor qilish yuzasidan Surxondaryo viloyat prokurori tomonidan kassasiya tartibidagi protesti hamda V.Azizovning kassasiya tartibida shikoyatiga asosan jinoyat ishini ko`rib chiqdi.  Bu haqida jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand viloyati sudi sudyasi J.Botirov ma`lum qilgan

Unga ko`ra, kassasiya instansiyasi ajrimiga asosan jinoyat ishlari bo`yicha Surxondaryo viloyati sudining 2014 yil 18 avgustdagi hukmining N.Choriev, V.Azizov, R.Rahmonov, F.Qurbonov, A.Pardaevga oid qismi bekor qilindi.

Ushbu fuqarolar reabilitasiya qilinishi, ya`ni oqlanishi munosabati bilan ularga etkazilgan mulkiy, ma`naviy va boshqa ziyonni qoplash oqibatlarini O`zbekiston Respublikasi jinoyat-prosessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda da`vo bilan sudga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

Kassasiya tartibida keltirilgan protest va shikoyat qanoatlantirildi.

    Boshqa yangiliklar